Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yelim} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ye-lim-la-moq
Izoh(lar)i:
yelim ot

1. 1. Daraxt tanasidan silqib chiqib, qotib qolgan yopishqoq shira. Mastonbibi konvertni o‘rik yelimi bilan yopishtirib, boyagidek qilib qo‘ydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

2. 2. Ulash, biriktirish uchun ishlatiladigan yopishqoq modda; kley. Duradgorlik yelimi. Yelim pishirmoq. Parcha-parcha xaritalarni yelim bilan yamab, ko‘k, qizil chiziqlar chizib qo‘yilgan joylarini ko‘rsatdi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. ko‘chma hma Xiralik qilib yopishaveradigan; shilqim. Bu toifa odamlardan qochib qutulmasang, boshqa yo‘l bilan qutulib bo‘larmidi. Yelim-ku, yelim ular. S. Ahmad, Hikoyalar
Nodirbek o‘lgudek shilqim, yelim, yopish-qoq yigit ekan. M. Qoriyev, Oydin kechalar

4. s. t. t. Ba’zi buyumlarni ishlash, yasash uchun qo‘llanadigan sun’iy modda; sellyuloza. Yelim paqir. Lekin O‘ljayev yopishgan yeridan uzib o‘rgangan, yelim qoshiq odam ekan Mushtum
Mulozim yigitning yelim patnisda issiq kofe keltirganini ham sezmadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xira [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.