1. 1. Harakatga kelmoq, esmoq.
Shamol o‘ynab, shamol yeladi.
E. Rahim
Qir ustida shabada Bir tekisda yelmoqda.
Z. Diyor
2. 2. Shamolda, shamol kuchi bilan yurmoq, uchmoq.
Haydar ota uning ketida qolib, asta-sekin yelib yurgan sarg‘imtir changga qaraganicha xomush qolgan edi.
A. Qahhor, Asror bobo
3. 3. Tez yurmoq, yugurmoq, shamoldek uchmoq.
Askarlar turnaday tizilib, yelib ketishdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Poyezd shu qadar yelmoqdaki, Normatning nazarida poyonsiz dasht chir aylanib, telegraf stolbalari unga qarab chopib ketayotganday.
I. Rahim, Chin muhabbat
Avaz aravaga chiqib ulgurmay, ot yelib ketdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
4. shv. hv. Yeldirmoq.
Maydon-maydon bedovlarni yelinglar
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Tekis yerda bedov otni yelaman.
Oysuluv