Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shamol}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-mol
Izoh(lar)i:
shamol ot

1. Havoning yer sathi bo‘ylab (gorizontal) harakati. Yoqimli shamol. Sovuq shamol. Qattiq shamol turdi. Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r. Maqol
Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Maqol
Ochiq derazadan kirgan mayin shamol qizning ikki tola sochini bo‘yniga, tomog‘ining tagiga tegizib o‘ynardi. S. Ahmad, Bosh og‘rig‘i

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sabo [a], shabada , yel
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. qaysi shamol uchirdi: bu tomonga kelishingizga nima sabab bo‘ldi?

2. qaysi shamol uchurmoq: qaysi shamol uchurmoq

3. shamolga sovurdi: behuda sarfladi

4. shamolga uchdi: befoyda ketdi

1. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

2. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.