Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yel}
So‘z bo‘g‘inlari: yel
Izoh(lar)i:
yel fl

1. 1. Harakatga kelmoq, esmoq. Shamol o‘ynab, shamol yeladi. E. Rahim
Qir ustida shabada Bir tekisda yelmoqda. Z. Diyor

2. 2. Shamolda, shamol kuchi bilan yurmoq, uchmoq. Haydar ota uning ketida qolib, asta-sekin yelib yurgan sarg‘imtir changga qaraganicha xomush qolgan edi. A. Qahhor, Asror bobo

3. 3. Tez yurmoq, yugurmoq, shamoldek uchmoq. Askarlar turnaday tizilib, yelib ketishdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Poyezd shu qadar yelmoqdaki, Normatning nazarida poyonsiz dasht chir aylanib, telegraf stolbalari unga qarab chopib ketayotganday. I. Rahim, Chin muhabbat
Avaz aravaga chiqib ulgurmay, ot yelib ketdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. shv. hv. Yeldirmoq. Maydon-maydon bedovlarni yelinglar Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Tekis yerda bedov otni yelaman. Oysuluv

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shamol [a]

1. yel I Ot
kuchsiz shamol, shabada

2. yel II Ot
shamollash natijasida yuzaga keladigan kasallik, yallig‘lanish

3. yel III Fe’l
mayda qadam bilan juda tez harakatlanmoq

Paronimi: yil Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqish muddati; o‘n ikki kalendar oyiga teng vaqt.
Qomus: mavjud emas.

1. yelkasiga olmoq: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

2. yelkasining chuquri ko‘rsin: yana qaytadan hech qachon ko‘rmasin

1. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

2. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

3. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

4. Qo‘zg‘almoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq -yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat sur’atiga ko‘ra)

5. Xira – shilqim – yelim – sulloh – g‘amboda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.