Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yarash} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ya-rash-moq
Izoh(lar)i:
yarash fl

1. O‘zaro urush-janjalni to‘xtatmoq, arazsiz holatga o‘tmoq. [Kumush:} Men hali urushig‘lik holdaman, yarashganim yo‘q! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Unaqa olifta bo‘lsa, kelmasin edi! Yarashgani kelganmi? Uy ko‘rgani kelganmi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Soli singillari bilan yarashdi. O‘rtada uzilib qolgan aloqa tiklandi. H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman

2. 1. Ko‘rinish, qad-qomat va shu kabilar jihatdan chiroyini ochadigan bo‘lib turmoq; yoqimlilik, ko‘rkamlik baxsh etmoq. Bu libos sizga juda ham yarashibdi. Oppoq soqoli xush qomatiga juda yarashgan, yarashgangina emas, balki unga allaqanday salobat baxsh etib turardi. K. Yashin, Hamza
Unga harbiy kiyim juda ham yarashgan va butunlay o‘zgartirib yuborgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
Gul ham yarashganga yarashar ekan. Sizga yarashmabdi. Uyg‘un, Hayot qo‘shig‘i

3. 2. Munosib tushmoq (kishining ish-harakat, qiliq-qilmishlari haqida). Baxillik iqtidorsiz odamlarga yarashadi S. Siyoyev, Avaz
o‘zini ko‘rgan kishining ko‘zi quvnaydi, sho‘xligi, qo‘ying-chi, barcha qiliqlari o‘ziga yarashadi. K. Yashin, Hamza
G‘ulom-jon sevgi vasvasasiga uchganini, sha’niga yarashmagan qiliq qilganini endi angladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ketmoq , kelishmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yarashmoq – murosaga kelmoq – sulh tuzmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.