1. 1. Biror kimsani sevgan, unga ko‘ngil qo‘ygan kishi; oshiq.
Shu go‘zal qizning xushtori bo‘ldim, San’atin ko‘rib, zavqlarga to‘ldim.
A. Po‘lat
Qamarxonga xushtor bo‘lganlarning son-sanog‘i yo‘q ekan.
Ertaklar
2. 2. Biror narsa bilan juda qiziqadigan, unga mehr qo‘ygan; ishtiyoqmand, orzumand.
Ehtimol, buloqdan chiqayotgan bu tiniq suvning xushtori, kushandasi ko‘pdir: bu suv tog‘-u toshni to‘ldirib yurgan qushlar, kavak-kandiklarda istiqomat qiladigan jonivorlardan ortmas.
I. Rahim, Chin muhabbat
— Idorada o‘tirib qiladigan ish rayonimizda ham topiladi, — dedi [Mo‘mina] gapni shart kesib, — unaqa ishga xushtor bo‘lganimda, bu yerga [Mirzacho‘lga] kelib nima qilardim.
H. Nuriy, Lochin bolasi — lochin