1. Ko‘zlangan ishning, maqsadning tez amalga oshuvi uchun intilmoq, sabrsizlik bilan harakat qilmoq; shoshilmoq, intiqmoq. Yordam berishga oshiqmoq. Oshiqqanning oshig‘i olchi bo‘lmaydi, Maqol To‘xta xola qanchalik oshiqmasin, chollarga yeta olmadi, ular idoraga kirib ketishdi. I. Rahim, Chin muhabbat Mamat qassob qanchalik oshiqmasin, qadami unmayotgandek edi. N. Norqobilov, To‘qnashuv
1. oshiq I Ot hayvonning orqa oyog‘ida son bilan boldirni tutashtirib turuvchi so‘ngakcha (bolalar o‘yinida ishlatiladi
2. oshiq II Sifat ortiq, keragidan ko‘p
1. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo
2. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.