1. 1. Hayotdan juda mamnun, kayfiyati juda yaxshi; shod, xurram; xushchaqchaq. Ozod yoshlarning ruhlari tetik va o‘zlari xursand edilar. N. Fozilov, Diydor Oyim azbaroyi xursand bo‘lganidan: — Barakalla, o‘g‘lim! — deb yelkamga qoqib qo‘ydi. H. Nazir, Yonar daryo
2. 2. Biror kimsadan yoki narsadan qanoat hosil qilgan; mamnun, rozi, minnatdor. Shu yo‘sin Nodira, Mohlar oyimdan juda xursand bo‘lgani holda, uyiga qaytdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon Elmurod uni [Davlatyorni] shunday sharoitda uchratganidan xursand bo‘ldi P. Tursun, O‘qituvchi
3. 3. Xursand (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
1. xursandchiligi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi
1. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)