1. 1. Qayg‘u-alam chekayotgan. Qayg‘uli kishi, ▬ Unsin sevikli va qayg‘uli yagona do‘sti bo‘lgan akasini quchoqlab, qonli yarasiga yuzini, ko‘zini surib yota berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Qayg‘u-alamga ega; qayg‘uga soladigan; musibatli, alamli; g‘amgin, ma’yus. Qayg‘uli kunlar. ▬ Nega qayg‘uli ko‘rinasan, Oftob? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Bugungi qayg‘uli hodisa uni bu uyga ertaroq keltirib qo‘ydi. H. G‘ulom, Mash’al San’atkorni yaqindan bilgan yoki tomoshalarini ko‘rgan kishi bu qayg‘uli xabarga aslo ishongisi kelmasdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
1. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)