1. 1. Aynan, aniq.
Inobatning xuddi o‘ziga o‘xshagan nozikkina, qora qosh, qora ko‘z bir singlisi bor edi.
O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Bir oydan keyin xuddi mana shu katta bog‘da dang‘illama to‘y bo‘ldi. O‘.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Xuddi shu payt eshik g‘iyqillab ochildi. O‘.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Roppa-rosa, to‘ppa-to‘g‘ri, aniq.
Men xuddi soat o‘nda keldim.
▬
Agar o‘sha ketishi bo‘lsa, bugun xuddi Qo‘qonga borib yetgan.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. 3. Go‘yo, go‘yoki; baayni.
— Keldingizmi? — dedi Alimardon, xuddi uning albatta kelishini bilganday.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. 4. Hoynahoy; aftidan.
[Maysara:] Shoshmang, taqsirim! Hozir chiqib bo‘lmaydi! U xuddi gumonsirab kelgan, ehtimol, har tomonga odam qo‘ygandir.
Hamza, Maysaraning ishi