Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ayni}
So‘z bo‘g‘inlari: ay-ni
Izoh(lar)i:
ayni [ay-ni ]

1. Narsa, hodisaga ishora qiladi; xuddi shu (o‘sha). Ashula nihoyatiga yetdi. Lekin bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Ta’kid-kuchaytirishni ifodalaydi; xuddi, rosa. Ayni payti. Temirni qizig‘ida bosing, Qamchivoy! H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xuddi [f-t]

1. ayni I Sifat
xuddi shu, aynan, xuddi

2. ayni II Fe’l
o‘zgarib, ijobiy sifatini yo‘qotmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘ngli aynidi: 1)tanasi qabul qilmagani tufayli behuzur bo‘ldi 2) tabiatiga yoqmagani tufayli ijirg‘andi

2. miyasi aynidi: fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

1. Alalxusus – xususan – ayniqsa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisinig kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

2. Aynimoq – achinmoq – biqsimoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining tor-kengligiga ko‘ra)

3. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Xuddi – aynan – ayni – rosa – naq – qoq – baayni
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.