Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xomush}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-mush
Izoh(lar)i:
xomush sf

1. 1. G‘amgin, kayfiyati yo‘q; ma’yus. Otabek xomush o‘tirar, Hasanali esa uning holini ta’qib etmoqda edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Ahmad] Parishon va xomush bir kayfiyatda zo‘r-bazo‘r qadam bosib, ishxonasi tomon yo‘l oldi. F. Musajonov, Himmat

2. 2. O‘ychan, so‘zsiz. U [chol] tajang bo‘lmagan vaqtda ko‘pincha boshi yarim qiyshaygan, xayolchan, xomush yuradi. Mirmuhsin, Zanglagan qilich
Komandir jim, komandir xomush. U. Nosir

3. ko‘chma hma Avzoyi buzuq, jimjit (ob-havo haqida). Shamol bosilgan Tabiat xomush. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ma’yus [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.