1. kt. kt. Noumid, tushkun holatli; tushkun.
[Otabek:] Bu yerda so‘zimni eshituvchi birov ham bo‘lmadi, bo‘lsalar ham, sening arzingni shu xonlar ijro qiladimi? deb, meni ma’yus qildilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qiz umid bilan ko‘targan boshchasini yana yostiqqa qo‘ydi. Non ilinjida chaqnagan yirik ko‘zlari ma’yus yumildi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Ezilgan, g‘amgin holatli; xomush.
Uning ma’yus chehrasiga qarab turib, Javlon badtar ezilib ketdi.
L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
Katta-kichik, yosh-qari erkak-ayollar oqimi ko‘ngildan yig‘lar, ularning ko‘z yoshlarini ma’yus egilgan boshlari ifoda qilar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
O‘ylarimda tolgan o‘ychan tol Ma’yusgina egmish boshini.
H. Abdunazar, Anjir guli
Qishloq chollari murdalar qoshiga asta qadam tashlab kelishdi-da, tiz cho‘kib, ma’yus holda ancha sukut qilishdi.
T. Rustamov, Mangu jasorat