1. tasdiq yukl. kl. Biror ishga rozilik ma’nosini ifodalaydi; mayli, mayliga.
[Otabek:] Rahmat, ota, bo‘lmasa, bizga choy qaynatib bering-chi! [Hasanali:] Xo‘p, begim.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Xo‘p, roziman bu dargohdan ketmoqqa
H. Olimjon
2. rvsh. sh. Nihoyat darajada; rosa; juda.
Bolalar xo‘p o‘ynashdi. Xo‘p yaxshi ish bo‘ldi-da.
▬
— Nevaralaringizga qarab xo‘p quvonasiz-da, oyi, — dedi Komiljon kulib.
S. Zunnunova, Hikoyalar
3. 3. Diqqat, e’tibor bilan, yaxshilab; juda yaxshi.
[Jonoy:] Unday bo‘lsa, menga bir oz muhlat ber. Men Madaminning gaplariga xo‘p quloq solib, maqsadini bilay.
P. Tursun, O‘qituvchi
So‘zni tanlab so‘zlaganlar — xo‘p bilur so‘z qadrini.
S. Abdulla