Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xo‘ja} {ko‘r} - sin ( Mayl Sintaktik shakl yasovchi ) - ga ( Kelishik qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: xo‘-ja ko‘r-sin-ga
Izoh(lar)i:
xo‘ja ot

1. esk. sk. Biror kimsaning yoki narsaning egasi; xo‘jayin. So‘ng [mulozim] yaltoqlanib, xo‘jasiga o‘girildi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Xo‘jasi uning [otning] yollarini silayotganda, La’li unga g‘amza qilib: — Otingizga namuncha xushtorsiz? — dedi. H. G‘ulom, Mash’al
Mardon Yo‘lchiyevichga qaraganda uy xo‘jasi Sarimsoq akaning yoshi ulug‘roq edi. J. Abdullaxonov, Oriyat

2. tar. ar. O‘zlarini choryorlarning avlodlari deb hisoblovchi musulmonlarning faxriy nomi. Xo‘jalar muayyan imtiyozlarga ega bo‘lganlar. O‘zME

3. etn. tn. O‘rta Osiyoda ilgari ma’lum imtiyozga ega bo‘lgan oqsuyaklar va ularning avlodlari; zid. fuqaro. Abdurasul, men sizga aytsam, bizning Qamishkapa eskidan urug‘ga ajrab keladi: fuqaro va xo‘ja. P. Tursun, O‘qituvchi

4. 4. Xo‘jazoda erkaklar ismiga qo‘shiladi. Madaminxo‘ja tol soyasida o‘tirgan ekan, bularni ko‘rib, darrov o‘rnidan turdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ega
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.