Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xira} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: xi-ra-lash-moq
Izoh(lar)i:
xira [xi-ra ]

1. Yorug‘, ravshan emas; nursiz. Xira yorug‘ uning yuzini bir damgina yoritadi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

2. Tiniq, shaffof emas. Tramvayning xira oynasidan bo‘sh vagonda o‘tirib ketayotgan konduktor lip etib bir ko‘rinishdayoq Zaynabning butun xayolini o‘g‘ir-lab ketganini bilarmikan? S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

3. Noaniq ravishda; yaqqol ko‘zga tashlanmaydigan. Shundan so‘ng ular huv olisda ko‘zga xira tashlanib turuvchi sarbaland tog‘lar tomon yurib ketishdi. Yoshlik

4. Yaxshi ko‘rolmaydigan, ko‘rish qobiliyati past. Oqsoqolning xira ko‘zlari chaqnadi, achchig‘i keldi. P. Tursun, O‘qituvchi

5. ko‘chmaJaranglab chiqmaydigan, xirillagan (ovoz haqida). — Bolam, qorning to‘q ekan, ovozing xira chiqdi, — dedi dadasi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. ko‘chmaG‘ashga tegadigan; shilqim, sur. — Bo‘ldi! Muncha xira pashshaga o‘xshab g‘ingshiysan! — dedi u zardasi qaynab. Yoshlik

7. ko‘chmaNoaniq; chigil. Xira o‘ylar yuragini g‘ash qilar edi. Yoshlik

8. ko‘chmaKishini xursand qilmaydigan, ko‘ngil to‘lmaydigan; kamchiligi bor. Yutuqlarimiz ko‘p. Biroq ishimizning ayrim xira tomonlari ham bor. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.