Taniqli tilshunos, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi A.Rustamov1931 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. U o‘zbek tili tarixi, tilning badiiy-estetik vazifasi, tilshunoslikning umumiy masalalarini hal qilishda barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Navoiyning badiiy mahorati» (1979), «Qofiya nima?» (1975), «Mahmud Zamaxshariy» (1971), akademik G‘.Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.
Akademik A.Rustamov oliy o‘quv yurtlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, G‘.Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Qadimgi turkiy til» (1982) o‘quv qo‘llanmasi qadimgi turkiy manbalarni o‘qish va ularni tahlil etish bo‘yicha talabalarning doimiy hamrohiga aylanib qoldi.