Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {farang}
So‘z bo‘g‘inlari: fa-rang
Izoh(lar)i:
farang [fa-rang ]

1. fransuz. Farang tiliga ham usta deb eshitaman. K. Yashin, Hamza

2. Yevropalik, Yevropadan kelgan. U [G‘ulomjon] komitet a’zolari bilan maslahatlashib, xuftondan keyin yonida to‘rtta farang yigit bilan usta Bahromnikiga keldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Fransiyada, Yevropada tayyorlangan; Fransiyadan, Yevropadan keltirilgan. — Kampirning dardi g‘o‘zada degandek, siz kosiblarning dardingiz mum, charm, farang ipda, — dedi kulib aka Navro‘z. M. Osim, Elchilar

4. Har bir ish qo‘lidan keladigan; mohir, usta. Ahliyamiz [xotinim] ham uchiga chiqqan chevar, xudoga shukur. Ojizamiz ham do‘ppi tikishga farang bo‘lib chiqdi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: usta [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.