Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ushla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ush-la-moq
Izoh(lar)i:
ushla fl

1. 1. Qo‘l, panja bilan daxl qilmoq, tutmoq. Peshonasini ushlamoq. Ikki qo‘li bilan boshini ushlamoq. Ko‘kragini ushlamoq. bu tekin tomoshadan zavqlanib, qorinlarini ushlab, qotib-qotib kulishardi. E. Raimov, Ajab qishloq
Bu kishi shunaqa, bog‘dan devorlarni ushlab chiqib ketmasa, hisob emas A. Qahhor, Asarlar
Nabijon bemorning tomirini ushlab, yuziga qaradi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

2. 2. Qo‘l, panja, barmoq(lar) orasiga olmoq, shunday holda tutmoq. — Og‘irroq bo‘ling, shayx! — dedi so‘yil ushlab turgan yo‘g‘on bir yigit. K. Yashin, Hamza
Eshik oldiga yetganida, negadir o‘zining ham o‘sha yoqqa keta-yotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Har zamonda bir qo‘lida to‘rxalta, bir qo‘li-da zontik ushlagan qari-qartanglar, bolalar o‘tib turibdi. E. Raimov, Ajab qishloq
Alizamon uning qo‘lidan ushlab, tinchlantirgandek silab qo‘ydi. A. Obidjon, Akang qarag‘ay, Gulmat

3. 3. Qo‘l bilan tutib olmoq; tutmoq. Ular [qizlar] chimchilovchilarni qarg‘aydilar. Ushlab olsalar, uradilar. Oybek, Tanlangan asarlar
Qiz uni [tovuqni] ushlab olgani ko‘p urindi A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Voydod, hoy, qo‘shnilar ushlanglar hoy, Abdurahmon, ushla uni! S. Zunnunova, Olov

4. 4. Qo‘lga olmoq, qo‘lga tushirmoq (masalan, jinoyatchini). Bu yerga kelib, faqat ayrim xavfli shaxslarni kuzatib, ularni jinoyat ustida ushlab, qamoqqa tashlash bilan kifoyalanib K. Yashin, Hamza
Bir necha soldat kelib, mahbuslarni ushladi, yasovul hammasining qo‘liga kishan urdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. 5. Biror holatdan (ketish, yo‘q bo‘lish va shu kabilardan) saqlamoq; tutmoq. Uni to shu paytgacha ikki narsa ushlab turar edi: birodarining uyiga quruq qo‘l bilan kirib borgisi kelmasdi. U shahid ketgan bo‘lsa, bolalari zoriqayotgandir, bir tishlamdan bo‘lsa ham u-bu olib boray, derdi. T. Malik, Ajab dunyo
Beayov tong yaqinlashmoqda. Yovdan tortib olingan joyni ushlab turishsa, bas. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
U Zulfiqorni ortiq ushlab turmay, fotiha berdi. Mirmuhsin, Me’mor

6. 6. Beriladigan haqni yoki uning bir qismini bermasdan chegirib olmoq, olib qolmoq, tutib qolmoq (qarz, jarima kabi to‘lovlar hisobiga). Kassir oylikdan besh so‘m ushladi.

7. ko‘chma hma Saqlamoq, tutmoq. yolg‘iz boshimga ham Toshkentdan, ham Marg‘ilondan ikki xotin ushlab turish og‘irlik qila boshladi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Said aka, bolalar ertalab albatta sut ichishlari kerak deb, ko‘p yillardan beri mol ushlardi. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

8. 8. Rioya qilmoq, amalda tutmoq (qonun-qoida, taomil kabilar haqida). Yer-suv ishlaganniki! Faqat ishlagan tishlaydi! shiorini mahkam ushlab ish qildik. N. Safarov, Olovli izlar
Shariatni mahkam ushlagan xotin shaharda ikkita bo‘lsa, biri — mulla Norqo‘zining xotini, ikkinchisi — shu! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin

9. 9. Qo‘zg‘amoq, tutmoq (vaqti-vaqti bilan avj oladigan kasallik haqida). Kutilmaganda sanchiq ushladi. Kumushni o‘qtin-o‘qtin og‘riq ushlamoqda. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tutmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Urmoq – solmoq – ushlamoq – silamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning qo‘pol yoki muloyimligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.