1. 1. Qo‘l bilan ushlamoq, ushlab turmoq; tutinmoq.
Bir qo‘lda kitob, bir qo‘lda guldasta tutib turmoq. Bolaning qo‘lidan tutmoq. Otning jilovidan tutmoq. Ko‘r tutganini qo‘ymas, kar — eshitganini.
Maqol
Temirchi usta qahr-u g‘azab bilan ich-kari kirdi va tikka borib, Xayrinisaning kuyovi bo‘lmish yigitning yoqasidan tutdi.
S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
Gavhar toqati toq bo‘lib, o‘rnidan tura boshlagan edi, Tal’at tirsagidan tutib o‘tqazdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ketmon tutishga odatlangan dag‘al qo‘llar igna ushashga, qatim tortishga kelishmaganidan diqqati oshgan
Oxun. Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Ovlab, quvib, izidan borib va shu kabilar yo‘llar bilan ushlamoq, ushlab olmoq, qo‘lga tushirmoq.
Baliq tutmoq. Quyon tutib olmoq. O‘g‘rini tutmoq.
▬
Sayil ham sayil, sargardon ham sayilda, domlajon. Hali kiyik tutdikmi, yo‘qmi, hech bo‘lmasa, shamollab kelamiz-da.
M. Mansurov, Yombi
Agar Hamzani tutib bersang, o‘g‘ling Umar polvonni ro‘yxatdan o‘chiramiz.
K. Yashin, Hamza
3. 3. Biror narsani iltifotan kimsaga taklif qilmoq, uzatmoq; foydalanish uchun to‘g‘rilamoq, bermoq.
Mehmonlarga sochiq tutmoq.
▬
Chol belbog‘idan nosqovog‘ini olib, o‘tirganlarga tutdi.
S. Ahmad, Hukm
[Suluv] Hech narsaga qaramay, sakrab turib, hansirab qolgan otasini yupatgisi, sovuq ayron tutib, yelkasini silagisi kelardi.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Duodan so‘ng Otabek to‘riq yo‘rg‘ani chiqarib, qutidorga tutdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bo‘ston qutichali atir olib kelib, oyisiga tutdi.
S. Zunnunova, Yangi direktor
Ali meshkobchi yana Madrasa qurilishiga kirib, odamlarga suv tutdi.
Mirmuhsin, Me’mor
4. 4. Qo‘lidagi (o‘zidagi) biror narsani boshqa narsaga to‘g‘rilamoq, ro‘baro‘ holga olmoq.
Xatni chiroq yorug‘iga tutib o‘qimoq. Yelkasini oftobga tutmoq.
▬
Otboqar fonusni yana Bo‘taboyning yuziga tutdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Senga havas bilan boqurman, rosti, O‘limga tik ko‘ksin tuta olgan zot.
A. Oripov
5. ko‘chma hma Yo‘q bo‘lish, ketish va shu kabilardan saqlab turmoq.
Hokimiyatni tutib turmoq. O‘z pozitsiyalarini tutib turmoq. Jangchilarimiz tepalikni tutib turish uchun butun vositalarni ishga soldilar.
▬
Azamat, kombatning madad kuchi yetib borguncha dushmanni tutib turish haqidagi farmonini Ergashevga aytdi.
N. Safarov, Qahramonning tug‘ilishi
6. 6. Biror holat, vaziyatda saqlamoq, asramoq.
Saidbobo negadir tili uchida turgan gapni yutib, sir tutdi.
N. Safarov, Olovli izlar
Tug‘ilgan kun ziyofatiga taklif qilish shart emas. O‘sha kunni esida tutgan yaqinlari o‘zlari borishaveradi
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Itni zanjirga bog‘lab qo‘ygach, och tutadi deyishadi.
S. Nurov, Narvon
7. ko‘chma hma Biror narsadan o‘zini tiymoq yoki biror narsani, voqeani yuz berishdan to‘xtatmoq, bosmoq, ushlamoq.
U ko‘zlariga to‘lgan tomchilarni bazo‘r tutib javob berdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
8. ko‘chma hma Idora qilmoq, boshqarmoq.
Ro‘z-g‘or tutmoq.
▬
Yaxshi qilib yurtni tutdi, Kim kam bo‘lsa, yo‘l ko‘rsatdi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
9. ko‘chma hma O‘z qo‘li ostidagi, izmidagi, qaramog‘idagi kimsalarga qandaydir munosabatda, muomalada bo‘lmoq.
Bolani bo‘sh tutish yaramaydi. Singlingni kaftingda tutsang, onangni boshingda tut.
Maqol
Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha g‘aflatda qolishingizni poylaydi.
A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
O‘zbek oyimning Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham o‘zingni tuzat! deb aytgani uchun, Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasangan, kecha erga teggan yangi kelinlar suratiga kirgan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
10. 10. Biror tarzda ishlatmoq, foydalanmoq, qo‘llamoq.
Idish-tovoqni, ko‘rpa-yostiqni toza tutmoq. Yangi olib kelgan teshani tutmoq.
▬
— Lekin, — dedi Samandarov qoshiqni salmoqlab, — hali ham mana bunaqa qoshiq tutish ayb. Bunga yo‘qchilikni vaj qilib bo‘lmaydi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
11. 11. Parvarish qilmoq, boqmoq (pilla qurtini).
Men, beshovlaring qurt tutinglar, beshta odam bo‘shasin, demoqchi emasman.
A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi
12. 12. Ishlatish, foydalanish uchun o‘z ixtiyorida, qaramog‘ida olib turmoq, saqlamoq.
Qani iloji bo‘lsa, bitta odam tutmasdan, butun ishni o‘zim eplay olsam.
Oybek, Tanlangan asarlar
13. 13. Pardalash, to‘sish, qoplash va shu kabilar maqsadlar uchun o‘rnatmoq, bog‘lab, ilib yoki osib qo‘ymoq.
Pashshaxona tutmoq. Derazalarga parda tutmoq. Etak tutib, paxta termoq. Dastro‘molni yuziga tutib yig‘lamoq. El og‘ziga elak tutib bo‘lmas.
Maqol
Baxmal paranjili xotin chimmat tutgan yuzini Azim tajang tomonga xiyol o‘girdi-yu, bir-ikki tomoq qirish bilan kifoyalandi, javob bermadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
14. 14. Ko‘payib, tarqalib, yoyilib va shu kabilar yo‘llar bilan ma’lum joyni egallamoq, qoplab olmoq, bosmoq.
Samovarning bug‘i uyni tutib ketdi. Qo‘y-echkilarning ma’rashi ko‘chani tutgan edi.
▬
Yilqi, poda, suruvlar Dard ko‘rmay o‘ssa deyman, Tog‘-u toshga sig‘ishmay, Yaylovni tutsa deyman.
Q. Muhammadiy
Qo‘ng‘iroqday tovushi bilan Gulsun ham qo‘shiqchiga jo‘r bo‘lgandagina hamma yoqni odam tutib ketganini ko‘rdi.
J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
Qo‘nan aka minbardan tushishlari bilan, zalni qarsak tutib ketdi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Dashtni tutib yotgan lolalar uzoqda qolib, gullaridan asalarilar bol emayotgan mevazor bog‘lar boshlandi.
Guldasta
Dostonning ovozasi olamni tutdi.
N. Fozilov, Hayot o‘rgatdi
15. 15. Qo‘zimoq, qo‘zib qolmoq, xuruj qilmoq (odatda, inson tabiatida bo‘ladigan turli xislatlar haqida).
Otaning tantiligi tutib ketdi. Uning jazavasi tutdi. Sho‘xligi tutmoq.
▬
Hindining ham himmati tutib ketdi, sarrof xaltadan bitta besh so‘mlik tilla olib berdi.
G‘. G‘ulom, Shum bola
Gaping rost bo‘lsa, qani yur! Yoki dangasaliging tutib, ishlaging kelmayotibdimi?
Gazetadan
16. 16. Amal olmoq, o‘smoq, rivojlanmoq (yangi ko‘chat yoki payvand haqida).
Bog‘bon o‘zi ekkan yo ulagan ko‘chati tutib, bo‘y tortib ketguncha, har kun tagiga necha marta keladi.
M. Ismoiliy, Bizning roman
Onda-sonda ko‘chatlar o‘tqazilgan ekan-u, ko‘pi tutmapti.
A. Muxtor, Opa-singillar
17. 17. Yordamchi fe’l sifatida bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi; hisoblamoq.
Parvozga shaylanib nochor pat urgan Yarador burgutga tutmaydi oson.
U. Qo‘chqorov, Hayajonga ko‘milgan dunyo
18. 18. Ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanganda, shu narsa evaziga biror narsaga duchor bo‘lmoq, uning haqidan qutula olmaslik ma’nosini bildiradi.
— Uvoli tutadi demadingizlar-a, uvolini o‘ylamadingizlar-a, — dedi javrab turgan Zulxumor, yuragi bo‘lmay nari keta boshladi.
M. Mansurov, Yombi
Sizni o‘sha norasidalarning ko‘z yoshi tutmaydimi?
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Besh bolaning uvoli uradi sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni!
P. Qodirov, Yulduzli tunlar