1. fiziol. ol. Tashqi ta’sirni sezish, his etish, qabul qilib olish qobiliyati; sezgi. Tuyg‘u yordamida biz issiqni yoki sovuqni sezamiz. ▬ Quyonning tuyg‘u a’zolari terida tamomlanadigan nerv uchlaridan iborat. Zoologiya
2. 2. Ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tuyg‘ular majmui; his-tuyg‘u, his-hissiyot. Nafis tuyg‘u. Ishonch tuyg‘usi. Do‘stlik tuyg‘usi. Og‘riq tuyg‘usi. Yurakni g‘ash qilayotgan tuyg‘u. ▬ Rashk, menimcha, mana shu haqoratning alami va shundan kelib chiqadigan tuyg‘u. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari Otasining saltanat oldida katta hurmatga ega ekani Badianing qalbiga ham fidoyilik tuyg‘ularini solgan edi. Mirmuhsin, Me’mor Oraga jimlik cho‘kib, tuyg‘ularni so‘ndirdi. K. Yashin, Hamza
1. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak Bo‘yog‘iga ko‘ra ( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)