1. 1. Narsa va hodisalardagi ayrim xossalarning miyadagi in’ikosi. Ko‘rish sezgisi. Eshitish sezgisi. Sezgi a’zolari. ▬ Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. O‘zME. Sen bugun yalpi hayot kuyini, Butun sezgi, hissim bilan tinglayman. G‘ayratiy Qaltirarsan ajib sezgidan R. Parfi
2. 2. Aql-idrok bilan his etilgan, fahmlangan, payqalgan ichki tuyg‘u; fahm-farosat; instinkt. Qandaydir uzuq-yuluq fikrlar, ko‘ngilni g‘ash qiladigan sezgilar uni chulg‘ab oldi. Oybek, Quyosh qoraymas U onalarga xos ichki bir sezgi bilan shuncha chaqaloq orasidan o‘g‘lining ovozini — baland yig‘isini darrov ajratib olardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol Elmurodning ko‘nglida endi cholga nisbatan bo‘lgan haligi nafrat o‘chib, uning o‘rniga ayanchga o‘xshash bir sezgi paydo bo‘ldi. P. Tursun, O‘qituvchi
1. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak Bo‘yog‘iga ko‘ra ( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)