Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tus} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tus-la-moq
Izoh(lar)i:
tus ot

1. 1. Narsalarga xos bo‘lgan rang, rang ko‘rinishi. Tusi o‘zgarmoq. Tusi oqarmoq, Tusini yo‘qotmoq. Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bog‘chasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko‘rinishga kiradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida tovlanadi. N. Aminov, Suvarak
Mardon Yo‘lchiyevich novcha, yuzi cho‘zinchoq, tusi ham Temirjonning chehrasiday tiniq ekan. J. Abdullaxonov, Oriyat
Odatda dengiz suvi ko‘kimtir rangli, bo‘ladi. Primoryeda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi. Gazetadan

2. 2. Tashqi ko‘rinish; qiyofa. Zamonlar o‘zgaradi, joyning ham tusi o‘zgaradi. Y. Shamsharov, Toshqin
Bolalarning qiy-chuvi, xotinlarning baqirib-chaqirishlari bu jimjit to‘qayzorga mahalla tusini berib qo‘ydi. S. Ahmad, Ufq
Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yo‘q, salqin, suv sepilgan, hovlining tusi o‘zgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi ochilganday edi. S. Nurov, Narvon
Homid mag‘rur tus bilan Ota-bekka qaradi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Quvonch, qo‘shiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi ko‘rkam, Bayram tusida o‘lkam. R. Bobojon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘rinish
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tuz Molekulalari tarkibiga kislota qoldig‘i bilan bog‘langan metall atomlari kirgan murakkab moddalar; shu birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi (natriy xlorid).
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.