1. 1. Insonning, millat va xalqning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti.
Yorqin turmush. Farovon turmush kechirmoq.
▬
Yaxshi ishlasak, o‘z turmushimiz farovon, yurt obod bo‘ladi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Turmush qattiqchiligini tatib pishgan Botirali dunyoda mo‘jiza bo‘lmasligini yaxshi biladi.
H. G‘ulom, Mash’al
O‘rmondagi turmushni o‘z ko‘zing bilan ko‘rib turibsan. Har bir qultum suv, har bir burda non hisobli.
I. Rahim, Chin muhabbat
Umarali qisqa vaqt ichida o‘z hayotida yuz bergan o‘zgarishlarni esladi, keyin G‘ozining betayin turmushini ko‘z oldiga keltirdi.
I. Rahim, Ixlos
2. 2. Biror xalq, ijtimoiy guruh va shu kabilarga xos hayot tarzi, urf-odatlar, rasm-taomillar majmui.
Yangi turmush.
▬
Gavharning qarshisida, boya o‘zi o‘ylagandek, olifta kiyinishni yaxshi ko‘radigan qiz emas, ko‘pni ko‘rgan, turmushning past-u baland so‘qmoqlaridan o‘tib kelgan inson o‘tirar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ayb sizda ham emas, eski turmushda. Eski turmushda xotinlar har qanaqa erkakdan tortinadi, erkaklar har qanaqa xotinga tegishgisi keladi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. fls. ls. Jamiyatning oddiy hayot shart-sharoitlari majmui, obyektiv reallik.
Turmush ongni belgilaydi.
▬
Qonunni turmushga singdirib yuboruvchi asosiy kuch bizning o‘qituvchilarimizdir.
Gazetadan
4. s. t. t. Nikoh asosida yuzaga keladigan hayot, er-xotinlik holati, shu holatdagi hayoti.
Begimxonning ko‘z oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ularning turmushi!
I. Rahim, Chin muhabbat
U turmushi omonat ekanini, qachondir oilasi buzilishini ko‘pdan ko‘ngli sezib yurar, ammo bunchalik sharmanda bo‘lishini o‘ylamagan edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. 5. Kishining butun borlig‘i, bo‘lgan-turgani.
Uning turmushi shu.