Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hayot}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-yot
Izoh(lar)i:
hayot ot

1. 1. Materiyaning o‘z rivojlanishining muayyan bir davridagi harakatlanish shakli. Yerda hayotning paydo bo‘lishi. O‘simliklar hayoti. Yaqin atrofimizni o‘rganib, faqat sayyorangizda hayot borligini aniqlaganimizga ancha bo‘ldi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

2. 2. Inson, hayvon, o‘simliklarning tug‘ilgandan (yuzaga kelgandan) o‘lgunga (yo‘q bo‘lgunga) qadar bo‘lgan fiziologik holati, tirik, mavjud, yashayotgan holati. Ko‘z juda murakkab optik sistema bo‘lib, kishi hayotida ko‘zning yaxshi ko‘rishi muhimdir. Gazetadan
Bir avlodning hayoticha davr ichida nur degan so‘z ermakday boshlanib, asrlarning hokimi bo‘lib qoldi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Uning hayot asari qolmagan yuzi yana xiralashdi K. Yashin, Hamza

3. 3. Yashash muddati; umr. To‘y — kishi hayotidagi eng yaxshi orzu-umidlarning ushalishi. Gazetadan. Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir. M. Jo‘ra, Iztirob
Olima hayotining oxiriga qadar xalq uchun pokiza vijdon bilan xizmat qildi. Saodat

4. ko‘chma hma Hayot bag‘ishlovchi, hayotni ta’minlovchi narsa. Elektr simlardan hayot oqadi. Guldasta
Harakat — issiqlik, issiqlik— hayot demak. Mirmuhsin, Me’mor
Non hidida hayot bor, Har mag‘zida mamot bor. Gazetadan

5. 5. Kishi va jamiyatning yashash tarzi, holati; turmush, tirikchilik. Ijtimoiy hayot. Oilaviy hayot. Yozuvchining hayoti va faoliyati. Respublika hayoti. Mahalla hayoti. Bilim yurti talabalarining hayoti har tomonlama sermazmun o‘tmoqda. Gazetadan
U ishning baland-past loy tomlari shahardagi qashshoq hayotning guvohidek mung‘ayib turipti. S. Karomatov, Oltin qum
Shu hayot, shu turmushdan gadolik a’lo. G‘ayratiy

6. 6. Bizni o‘rab olgan real borliq, voqelik. Hayot juda qiziq-a?! Birovlar — asal, birovlar zahar berarkan. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Hayotda shunday odamlar borki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bag‘ishlagan bo‘ladilar. X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari

7. sft. ft. Yashab turgan; tirik. Kim biladi, balki hayotdir va, ehtimol, hayotga yotdir. H. Olimjon
Shu darcha cholingiz hayot vaqtida ham qiyshiq edi A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

8. ko‘chma hma Jonlanish, uyg‘onish. Redaksiya-da havo yurishib, hayot alomatlari paydo bo‘lgandek tuyuldi Ahmadga. F. Musajonov, Himmat

9. 9. Hayot (xotin-qizlar ismi).

10. shv. Hayotcha Xo‘jalik yonidagi kichik ekin maydoni, tomorqa, bog‘cha, charvoq. [Lolisxon:] Mana shu hayotchaning orqasida tor ko‘cha bor, bundan qayoqqa borishni o‘zim bilmayman. Hamza, Paranji sirlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tirik , turmush , umr [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Turmush – hayot – tirikchilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.