1. 1. Sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tongotargacha bo‘lgan qismi.
Oysiz tun. Tun kapalagi. Oy tunda kerak, Aql kunda kerak.
Maqol
Ochil yarim tungacha ko‘chalarda tentirab yurdi, yotoqqa borsa, yana tun bo‘yi uxlay olmay chiqishini bilar edi.
P. Qodirov, Uch ildiz
[Nizomjon] Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.
S. Ahmad, Ufq
2. 2. Tun qorong‘isi, qorong‘ilik.
Bahor keldi, Tun bag‘rida Yarq etganday bo‘ldi nur.
E. Vohidov, Nido
Hali tong otmagan, kulrang osmon asta-sekin oqara boshlaganiga qaramay, xiyobonlar, ko‘chalar, binolarning pastki qavatlari tun qo‘ynida edi.
O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
Olis-olislarda yongan yulduzdek Dardim bilan singib ketdim men tunga.
X. Davron, Qaqnus