Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tun}
So‘z bo‘g‘inlari: tun
Izoh(lar)i:
tun ot

1. 1. Sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tongotargacha bo‘lgan qismi. Oysiz tun. Tun kapalagi. Oy tunda kerak, Aql kunda kerak. Maqol
Ochil yarim tungacha ko‘chalarda tentirab yurdi, yotoqqa borsa, yana tun bo‘yi uxlay olmay chiqishini bilar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
[Nizomjon] Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Tun qorong‘isi, qorong‘ilik. Bahor keldi, Tun bag‘rida Yarq etganday bo‘ldi nur. E. Vohidov, Nido
Hali tong otmagan, kulrang osmon asta-sekin oqara boshlaganiga qaramay, xiyobonlar, ko‘chalar, binolarning pastki qavatlari tun qo‘ynida edi. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
Olis-olislarda yongan yulduzdek Dardim bilan singib ketdim men tunga. X. Davron, Qaqnus

Antonim(lar)i: kunduzi , kun , kunduz
Sinonim(lar)i: kecha
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Murakkab sintaktik butunliksodda gaplarning bir-biriga grammatik jihatdan bog‘lanmasdan, nisbatan mustaqil, lekin bir mavzu atrofida birlashishidan hosil bo‘lgan sintaktik birlik: Men ko‘chada do‘stimni uchratib qoldim. Biz u bilan birga dars tayyorlashga kelishib oldik. Do‘stim ham matematika va ona tilidan sal qiynaladi. Birabzas (xat boshi) tarkibidagi mustaqil gaplar murakkab sintaktik butunlikni tashkil etadi.

1. maftun etmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

2. maftun qilmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

3. tegirmonga tushsa, butun chiqadi: har qanday qiyin sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oldi

4. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

5. ustun keldi: yengdi

1. Afzal – ortiq – ustun – yuqori – a’lo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Hamma – barcha – bari – butun – bor – jami – butkul – tamom – bor-yo‘q.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

3. Nim chorak – chorak – yarim – butun
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor darajaning ko‘p yoki kamligiga ko‘ra)

4. Qo‘pol – dag‘al – qurs – to‘ng – tund
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

5. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.