Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tug‘} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tug‘-moq
Izoh(lar)i:
tug‘ fl

1. 1. Bo‘yida, qornida bo‘lgan bolani, oy-kuni yetgach, dunyoga keltirmoq. Ust-ustiga egizak tug‘moq. Xotini o‘n yil mobaynida ikki qiz, bir o‘g‘il tug‘di. G‘anijonning xotini tug‘may yurib-yurib, birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi. A. Qahhor, Asarlar
Gulsumbibi qizini nari itardi peshonasiga urib yig‘ladi: — Koshki o‘lsam! Koshki ajal kela qolsa! Kuydirding, nega tug‘dim seni? Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Bolalamoq (hayvonlar haqida). Sigir ikkita tug‘ibdi. Qo‘y tug‘ibdi. Oqposhshoning ovchi itlaridan yana bittasi tug‘ibdi — suyunchi yig‘iladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. shv. hv. Tuxum qilmoq. Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yo‘q — moyak qo‘ysang, tug‘adi. A. Qahhor, Asarlar

4. ko‘chma s. t. t. Foyda keltirmoq; ko‘paymoq. Voy nodon odamlar! Bilishmaydiki, pul bolalab turadi, indamasdan tug‘adi, chaqaloqlari ing‘alamaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bayroq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.