1. 1. Tug‘ishmoq fe’lidan sifatdosh.
2. 2. Bir ota-onadan tug‘ilgan. Tug‘ishgan opa-singillar. Tug‘ishgan aka-uka. Chin do‘st tug‘ishganing bilan teng. Maqol Bu uyda Gulnor opam uchun sochim oqarguncha xizmat qilishni istar edim. U meni tug‘ishgan opamdan afzal sevadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Yaqin qarindosh. Sizlar menga tug‘ishganlarimdan ham aziz bo‘lib qoldingiz! H. G‘ulom, Mash’al Kolxozchilarning kattasi-yu kichigi, erkagi-yu ayoli unga tug‘ishganday yaqin edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
1. Qarindosh – urug‘ – avlod – tug‘ishgan – jigar – jigarband – jigargo‘sha – xesh Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)