Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘gay}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘-gay
Izoh(lar)i:
o‘gay [o‘-gay ]

1. Oldingi er yoki xotindan bo‘lgan farzandlar hozirgi er yoki xotinga hamda ularning qarindoshlariga nisbatan, shuningdek, hozirgi er yoki xotin va ularning qarindoshlari oldingi er yoki xotindan bo‘lgan bolalarga nisbatan. Chap tomondagisi Yusvali tog‘aning o‘gay o‘g‘li Avaz, o‘ng tomondagi Davlatyor edi. P. Tursun,

2. Bir onadan tug‘ilmagan yoki bir otadan bo‘lmagan, otasi yoki onasi boshqa, tugishmagan farzandlar (bir-biriga nisbatan). Botirjon akamning o‘gay singlisi bor, oti Adolatxon, shu o‘g‘il tug‘ibdi. N. Safarov, Hayot maktabi

3. O‘ziniki bo‘lmagan; yot, begona. Bulbul o‘gay erur zog‘lar orasida, Yugurik suv o‘gay tog‘lar orasida. A. Oripov, Ruhim

Antonim(lar)i: o‘z , tug‘ishgan
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.