Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tor}
So‘z bo‘g‘inlari: tor
Izoh(lar)i:
tor sf

1. 1. Eni, kengligi uncha katta bo‘lmagan; ensiz, kambar. Tor lenta. Top ko‘cha. Top yo‘lak. U baland bo‘yli, peshonasi tor, o‘tkir yuzli, beti ham soqoliday qop-qora kishi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Hajmi, sig‘imi uncha katta bo‘lmagan; siqiq. Tor uy. Tor kiyim. Qoratoy turdi, tor va dim hovlida bo‘g‘ilgan kabi, eski, yirtiq ko‘ylagi bilan yelpindi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Avaz yarim soatcha dam tortib o‘tirdi-yu, bu tor, nim-qorong‘i ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Domla, boshida chamandagul do‘ppi, egnida kalta va tor katak ko‘ylak. A. Qahhor, To‘yda aza

3. ko‘chma hma Chegarasi, ko‘lami uncha katta bo‘lmagan, chekli. Tor soha. Tor doirada qo‘llanadigan so‘zlar.

4. ko‘chma hma Juda qattiq, baxil odam haqi-da. Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. Maqol

5. 5. Do‘ppi tor kelmoq Noqulay, nochor, tang ahvolda qolmoq, ahvoli mushkullashmoq. Ba’zi qallob odamlar uchun nima ko‘p — vaj-korson ko‘p. Do‘ppi tor kelganda, og‘izlariga kelganni qaytarishmaydi. Gazetadan
Do‘ppi tor keldimi, darrov Jo‘raboyevning panohiga tiqilishadi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yolg‘on chiqib gapi, do‘ppi tor kelsa, Hech kim yo‘g‘in poylab so‘raydi uzr! S. Abduqahhor
ko‘zi tor savdogarlarni satira ostiga oladi. Mushtum
O‘zlariyam o‘lguncha ko‘zi tor, ziqna odam, pul bo‘lsa-bo‘lgani G‘. G‘ulom, Shum bola

6. 1. Cholg‘u asboblarining tebranib tovush chiqaradigan ipi. Ipak tor. Sim tor. Cholg‘umning tori tarang, Meni ko‘rgan yov garang. Qanday baxtli men, qarang. H. Po‘lat
Meli polvon dutorini qo‘liga oldi. Biroq quloqlari haddan ortiq buralgan dutor bardosh bermadi — uzilib ketgan tordan ingraganday nido eshitildi. P. Tursun, O‘qituvchi
Uyga qaytgach, ot qilidan tor tortib, o‘yinchoq dutorcha yasadim. Guldasta

7. 2. Uyning bir devorida sharqcha qilib tor tortilgan, tor ustida Qut-biyaning kiyimlari qatorida Hasanning ham beqasam to‘ni yoyilgan edi. S. Ayniy, Qullar

8. ko‘chma hma Torga nisbatlanuvchi narsani bildiradi. Yurak torlari. Qalb tori. Kunlar yaqin, chertajakmiz sevgi torini G‘ayratiy
Raufning ta’nalardan bo‘shashgan torlari tortilib, zarur ritmga moslashdi. O‘zbekiston qo‘riqlari
G‘ulomjonning asab torlari tortildi, alamiga alam qo‘shildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

9. 1. Rubobga o‘xshash sim torli xalq musiqa asbobi. Ozarbayjon tori. Kavkaz tori. Torni sozlamoq. Torini asta-sekin cherta boshladi. Keyin zavq bilan, harorat bilan chalishga tushdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

10. 2. Umuman, torli cholg‘u asbobi. O‘rtoqlarim, qo‘lga olsam torimni, Beixtiyor yodlaydirman yorimni! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: keng
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. tor I Ot
Ko‘p torli (gitaraga o‘xshash) cholg‘u asbobi.

2. tor II Sifat
ensiz

3. tor III Ot
kir yoyiladigan ip

4. tor IV Ot
1. Ip, rishta. 2. Muzika asbobida tarang tortiladigan, chertsa, havo to‘lqini hosil qiladigan ip

Paronimi: dor – [f] O‘limga hukm qilingan kishini osib o‘ldiradigan qurilma; ikki xoda orasidagi arqon.
Qomus: mavjud emas.

1. aziyat tortmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

2. azob chekdi, azob tortdi: juda qiynaldi

3. dil tortar: yoqimli

4. dili tortdi: yoqtirdi

5. do‘ppisi tor keldi: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

6. fe’li tor: ziqna

7. giriftor bo‘lmoq: 1.uchramoq, yo‘liqmoq, duchor bo‘lmoq 2.maftun bo‘lmoq.

8. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

9. izza tortdi: izza bo‘di, uyaldi

10. ko‘ngli g‘ash tortdi: bir oz tashvish qildi

11. ko‘ngli tortdi: yoqtirdi

12. ko‘zi tor: qizg‘anchiq

13. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

14. oyog‘i tortmadi: borgisi kelmadi

15. oyog‘idan tortmoq: biror noxush ish, holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.

16. qushdek yengil tortdi: ruhiy azoblanishi tarqadi

17. sitorasi issiq: xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador

18. tap tortmaydi: qo‘rqmay botindi, hayiqmaydi

19. tashvish tortdi: 1)tashvish qildi 2)xavotir bo‘ldi

20. taxtaga tortmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

21. tiyrak tortmoq: Tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq

22. tor kelib qolganda: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

23. tuprog‘i tortmoq: Tug‘ilib o‘sgan (o‘z) joyi undamoq, jalb qilmoq

24. turna qator, turnaqator: Qator bo‘lib tizilgan, birining ketidan biri

25. yengil tortmoq: ruhiy azoblanishi tarqadi

26. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

27. yuragi orqasiga tortib ketmoq: bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi

1. Bakalavr-magistr-aspirant- doktorant
Ma’nosiga ko‘ra
(mutaxassislik salohiyatining oshib borishiga ko‘ra)

2. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

4. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

5. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.