1. 1. Ichi, ich hajmi, sig‘imi, sathi katta.
Keng uy. Keng maydon. Keng paykal. Top joyda osh yegandan keng joyda musht yegan yaxshi.
Maqol
Ichkari-tashqari dang‘illama hovli. Ichkari hovlining sahni keng.
Oybek, Tanlangan asarlar
Odamlar sahnga keng davra qurib o‘tirdilar.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Tog‘ etagin tutib yotar keng paxtazor.
Guldasta
2. 2. Eni, ko‘ndalang o‘lchami katta; enli, serbar.
Keng yo‘l. Keng daryo. Keng bargli o‘simliklar.
▬
Orasidan qo‘qonarava bemalol yuradigan keng, uzun ishkomlar ikki tanobdan ortiqroq yerni ishg‘ol etgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. O‘lchami mo‘ljaldagidan katta; katta keladigan, bemalol sig‘adigan (kiyim va uning qismlari haqida).
Keng to‘n. Keng shim. Keng yeng.
▬
[Mingboshi] Keng, oppoq surp yaktagining barlarini ikki yoqqa yoyib, sekin-sekin lapanglab bordi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. 4. Tarqalish, qamrov doirasi katta; ko‘p narsani o‘z ichiga olgan.
Keng imkoniyatlar yaratmoq. Keng iste’mol mollari. Ishning ko‘lami nihoyatda keng.
▬
Muhokama qilingan masala yuzasidan keng qaror qabul qilindi.
Gazetadan
Aktrisa o‘z qahramonini keng fikrli, salobatli, ishchan, olijanob iffatli ayol sifatida tasvirlaydi.
Gazetadan
5. ko‘chma hma Mehr-muruvvatli, yaxshilikni ayamaydigan, ko‘pchilikka birdek munosabatli.
Kengga keng dunyo, torga tor dunyo.
Maqol
Xolam ko‘li ochiq, keng, Ovqatni ulashar teng.
Q. Muhammadiy.