1. 1. Ovqatga bo‘lgan talabini, nafsini qondirib, to‘yib ovqatlangan, ovqat yeb olgan.
To‘q bola. To‘q mollar. Qorni to‘qning qorni ochdan xabari yo‘q.
Maqol
Taomni tugatib, qizlar to‘q va shod, qo‘shnilarnikiga, dugonalarinikiga koptok o‘y-nagani chiqib ketdilar.
Oybek, Nur qidirib
2. 2. Hech narsadan muhtojligi yo‘q, yegulik-ichgulik bilan yaxshi ta’minlangan.
To‘q xo‘jalik.
▬
Go‘ro‘g‘li o‘zbek-turkman elini boqib, ochiga non berib, to‘qidan zakot olib yota berdi.
Nurali
Turmush og‘ir, qimmatchilik, hammasi o‘zingizga ma’lum. To‘qlarning ishi yo‘q, dardimiz ko‘p.
Oybek, Bolalik
3. 3. Mag‘zi, hosili yetarli bo‘lgan; to‘liq, bo‘liq, bo‘lali.
To‘q yong‘oq. To‘q pilla.
▬
Ko‘ragi mo‘l, tolasi pishiq, chigiti to‘q bo‘lsin desang, shunday [barvaqt harakat] qil.
N. Safarov, Sohib changal
Don yetilishi kechikdi, don to‘q bo‘lmadi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
4. ko‘chma hma Kerakli narsa, moddalar bilan to‘yingan; baquvvat, kuchli.
Yer juda to‘q, shu sharbatni hazm qilsayam hali
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
5. 5. Qoraga yoki umuman quyuq rangga moyil, quyuq (rang, tus haqida).
To‘q rang. To‘q qizil duxoba.
▬
Osmon to‘q sariq bulut bilan qoplangan edi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Endi ko‘rsam miltiqning o‘qidek, pushti gulning to‘qidek kelinim bor ekan.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar