1. adovat urug‘ini sochmoq: ig‘vo tarqatmoq, gijgijlamoq, bir-biriga tezlamoq.
2. aravani quruq olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi
3. aravani quruq olib qochmoq: aravani quruq olib qochmoq
4. aza ochmoq: aytib yig‘lash bilan motam marosimini boshlamoq
5. bahri ochildi: kayfiyati yaxshilandi
6. baxti ochilmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq
7. bay ochmoq: birinchi xaridorga mol sotib, savdoni boshlamoq
8. beti ochilib ketgan: uyalmaydigan bo‘lgan
9. bir cho‘qishda qochiradi: juda ustun chiqdi, osonlikcha yengdi
10. chehrasi ochiq: xushtabiat, kayfiyati yaxshi
11. chehrasini ochdi: 1)xafachiligining tarqaganini ko‘rsatdi
12. chiroyi ochildi: xafachiligi tarqadi
13. es- hushini olib qochdi: xayolini o‘ziga tortibolib qoldi
14. etagi ochilmoq: siri ochilmoq, biror aybi, kamchiligi ma’lum bo‘lib qolmoq
15. farishtasi qochmoq: fayzsiz, ko‘rimsiz bo‘lib qolmoq; qut-barakasi yo‘qolmoq.
16. ko‘ngil ochdi I: xursandchilik qildi
17. ko‘ngli ochiq: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan
18. ko‘nglini ochdi I: xafachiligini tarqatib, xursand qildi
19. ko‘nglini ochdi II: ichidagi istak yoki dardini aytdi
20. ko‘z ochgani qo‘ymaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq siquvga oldi
21. ko‘z ochib ko‘rgan: birinchi nikohiga olgan
22. ko‘z ochib yumguncha: juda qisqa muddatda, tezda
23. ko‘z ochirmaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq, siquvga oldi
24. ko‘zdan qochirmaslik: doim kuzatib turdi
25. ko‘zdan qochmoq: e’tibordan chetda qolmoq
26. ko‘zi moshdek ochildi: jazo olib, hushyor qildi
27. ko‘zi ochildi: yaxshi-yomonni tushunadigan bo‘ldi
28. ko‘zi ochiq I: barhayot
29. ko‘zi ochiq II: yaxshini yomondan, foydani zarardan farqlashga qobiliyatli
30. ko‘zini ochdi: hushyor qildi, yaxshi-yomonni tushunadigan qildi
31. ko‘zining ochiqligida: barhayotligida
32. mazasi qochdi I: sog‘ligi yomonlashdi
33. mazasi qochdi II: biror ishi yomonlashdi, inqirozga yuz tutdi
34. ochilgan ko‘z: hushyor, yaxshi-yomonni tushunadigan
35. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan
36. ochiq chehrali: xushtabiat, kayfiyati yaxshi
37. ochiq ko‘ngil: samimiy, g‘ayirlikni bilmaydigan
38. ochiq qo‘l: saxiy
39. ochiq yuz bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan
40. ochiq yuzli: xushtabiat, kayfiyati yaxshi
41. ochlik e’lon qilmoq: kim siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoq.
42. og‘zini ochdi: 1)angraydi 2) gap boshladi
43. og‘zining tanobi qochdi: behad sevindi, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaydi
44. olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi
45. ora ochiq bo‘ldi: olish-berish muomalasini ro‘y-rost hal yetdi
46. oralari ochiq: bir-biriga qarzdor emas, bir-biriga malol keladigan hech nima o‘rtada yo‘q
47. qalbini ochdi: ichidagi istak yoki dardini aytdi
48. qo‘li ochiq: saxiy
49. qochirdi: juda ustun chiqdi, osonlikcha yengdi
50. quruq aravani olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi
51. quvochi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi
52. sochi tikka bo‘ldi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi
53. tepa sochi tikka bo‘lib ketdi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi
54. tobi qochdi: kasal bo‘ldi
55. tubi ochildi: ayn. tagi ochildi q. tag
56. yuragini ochmoq: ichidagi istak yoki dardini aytdi
57. yuzini ochib yubormoq: uyalmaydigan qildi
58. zahrini sochmoq: zug‘um qildi, g‘azab bilan achitib-achitib gapirdi