Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {titra} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tit-ra-moq
Izoh(lar)i:
titra fl

1. 1. Sovuqdan, qo‘rquvdan, hayajondan yoki darmonsizlikdan, kasallik va shu kabilardan qaltiramoq. Hayot piq-piq yig‘lar, yelkalari dir-dir titrar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ko‘zlarimiz to‘qnashdi-yu, uning lablari titrab, ko‘zlaridan ikki tomchi yosh dumalab ketdi. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
Shodligimdan o‘zimni yo‘qotayozdim, dag‘-dag‘ titrayman. Gazetadan

2. 2. Qimirlamoq, tebranmoq, silkinmoq, larzaga kelmoq. Baland, to‘g‘ri o‘sgan, uchlari bir-biriga tutashgan qator teraklar jimgina titraydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ali tajangning sarg‘ish mo‘ylovi titrab ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
G‘ulomjonning gurzisi asov tosh ustiga dahshat bilan urilganda, butun tog‘ titrar, ungur ichi gumburlab ketar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Titroqqa o‘xshash bo‘linib-bo‘linib chiqmoq, ifodalanmoq (ovoz, tovush haqida). Qattiq titragan deraza orqali uzoqda o‘t-bo‘ronlar ko‘rinadi. Oybek, Quyosh qoraymas
— Qalay endi, tuzukmisiz? — Shukur, rahmat, —uning ovozi titrab, gapining oxiri yaxshi eshitilmadi. S. Ahmad, Hukm
Uyning yaqindagina sirlangan, bo‘yoq isi anqib turgan shifti ostida tor sadolari titrab ketdi. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi

4. ko‘chma hma Titroqqa o‘xshash ifoda bermoq, harakatlanmoq. So‘zlar ekan, yuragi mash’um bir ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonlik bilan harakatlanmas edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Titramoq – qaltirlamoq – qalt-qalt qilmoq – dildiramoq – dir-dir qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.