1. . ayn. yn. 1 yurak 1.
Dil urishi. Dil o‘ynog‘i. Sodda siri — tilida, Pismiq saqlar dilida.
Maqol
Ichkaridan dilni larzaga soluvchi faryod eshitildi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Dilim baquvvat, qo‘lim yumush qidiradi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
2. ko‘chma hma Kishining ichki ruhiy dunyosi, ichki his-tuyg‘ularining markazi, ramzi; ko‘ngil, qalb.
Muhabbat — dil mevasi.
Maqol
Dilda bo‘lsa, tilga keladi.
Maqol
Kishi dilini kishi hushini olib qo‘yadigan kuy.
M. Ismoyiliy, Farg‘ona tong otguncha
Azizxonning bu gapdan dili yorishib ketdi.
S. Ahmad, Ufq
3. ko‘chma hma Ko‘ngildagi narsa (tilak, maqsad, niyat, o‘y, fikr va shu kabilar).
Dili to‘g‘rining yo‘li to‘g‘ri.
Maqol
Qo‘li qing‘irning dili qing‘ir.
Maqol
Cho‘pon dil qilsa, takadan sut olar.
Maqol
Dili yaqin kishilar bir-birining ko‘nglidagini darrov topadi.
F. Musajonov, Himmat
Ot ham egasining dilini bilganday, bitta-bitta qadam tashlab, suvlig‘ini shiqirlatib borar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. ko‘chma hma Kishining xotiri, es, yod, xayol; ko‘ngil.
To‘rtni yozamiz, ikki dilda. Dilimga bir gap keldi. U gaplarni dilimdan chiqarib yuborganman.
▬
[G‘ulomjon] Qizning o‘zini ham bir ko‘rib, suratini diliga chizib olgan edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bizlarga, istasang — shu, istamasang — katta ko‘cha, deydi. Tilida aytmasa ham, dilida aytadi.
Oybek,Tanlangan asarlar
Avaz dilida Mutrib bilan kelishmadi.
S. Siyoyev, Avaz