1. anat. at. Ovqat yeyish, tishlash, chaynash, tutib turish uchun xizmat qiladigan a’zo.
Kurak tish. Oziq tish. Fil tishi. Tilla tish. Tish cho‘tkasi. Tish pastasi. Tish doktori. Tish tozalamoq. Tish qo‘ymoq, Tishni sug‘urmoq (olmoq).
▬
Juvon yelkasi osha Sidiqjonga qarab, oppoq, marjondek tizilgan tishlarini yarqiratib iljaydi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Qurol, asbob, mashina qismlari va shu kabilarning (tishga o‘xshash) o‘tkir, uchli qismi.
Arraning tishi. Qirg‘ichning tishi. Taroqning tishlari. Omochning tishi,
▬
Avvalgi yillarda ham traktor ishlardi, bolalar tushmagur tishini sayoz botirishardi, hozir unaqasi yo‘q.
S. Mahkamov, Katta rulda
Tosh omochning tishi shakliga kirganda, polvon ko‘rib ma’qulladi
A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi
Ammo chig‘iriq o‘qining tishi chigitni chaynagan choqda ishchilarning aylan-tirishga kuchi yetmas va quloqni chappa aylantirib, qaytadan oldin bosishga majbur bo‘lar edilar.
S. Ayniy, Qullar
3. s. t. Tash, sirt, tashqari.
Mol olasi tishida, odam olasi ichida.
Maqol
O‘zi tishdan yaltirab ko‘rinsa ham, ichki jihatdan surbet bir kimsaga o‘xshab qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi