1. adi-badi aytishdi: turli mavzuda yengil-yelpi suhbatlashdi so‘z tashlashdi, janjallashdi
2. barmog‘ini tishladi: 1) hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi 2)afsuslandi
3. hayrat barmog‘ini tishlamoq: nihoyat darajada hayron bo‘lmoq; hayratda qolmoq.
4. labini tishladi: kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini bilmay qoldi
5. mum tishladi: mutlaqo gapirmadi, suhbatda mutlaqo qatnashmadi
6. tilini tishladi: o‘zini gapirmaslikka majbur qildi
7. tirsakni tishlab bo‘lmas: Ko‘rinib turgan, ammo qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu
8. tishi o‘tmaydi: 1)biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynashga tishining qurbi etmaydi 2)enga olmaydi, o‘zlashtira olmaydi 3) idrok qilib yeta olmaydi, uqib yeta olmaydi
9. tishida tishlab: Nihoyatda ehtiyotlab
10. tishini tishiga qo‘ydi: butun his-tuyg‘usini iroda kuchi bilan yengib chidadi
11. tishining kavagida saqlamoq: lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni.
12. tishining oqini ko‘rsatdi: tirjayib, ishshayib qaradi
13. tish-tirnog‘i bilan: Qat’iyat bilan, butun imkon bilan
14. tish-tirnog‘igacha qurollanmoq: man bir parcha boshpanamga tish-tirnog‘im bilan yopishganimdan hafsalasi pir bo‘layozgandi.
15. yer tishlatmoq: o‘ldirdi