Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tinchlik}
So‘z bo‘g‘inlari: tinch-lik
Izoh(lar)i:
tinchlik [tinch-lik ]

1. G‘ala-g‘ovur, shovqin-suron kabilardan xoli, tinch holat. Hamma yoq tip-tinch ora-chora uzoqdan kelgan bola yig‘isi bu tinchlikni buzgandek bo‘lar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Kishini bezovta qilmaydigan, tinch, osoyishta holat. Uch kundan beri yamoqchining uyida tinchlik yo‘q. Bolalari qo‘rqib, ko‘chaga chiqmaydilar. Oydin, Hikoyalar

3. Urish-janjalsiz, tinch holat; hamma narsa me’yorida, joyida (odatda, hol-ahvol haqidagi so‘roqqa javob tarzida qo‘llanadi). — Ha, Bo‘taboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinchlikmi? — Tinchlik, — dedi Bo‘taboy va otning jilovini uning qo‘lidan oldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: urush
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.