Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tila} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ti-la-moq
Izoh(lar)i:
tila fl

1. 1. Biror istak, tilak, niyat bildiruvchi so‘z, gap aytmoq. Hazratim, men munglik, qizingiz sizga xudodan Shayx Sa’diyning umrini tilayman! Ilohim yuzga kiring! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
U tilida Maylingiz, desa ham, dilida Xudo oq yo‘l bersin, deb tiladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
O‘zbeklarda agar katta xursandchilik tilaydigan bo‘lsa, To‘y ustiga to‘y bo‘lsin! deyishadi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

2. kam qo‘ll. ayn. yn. Tilanmoq. Biror yegulik tilamoq. Qiziq ekansan, oyog‘idagini yechib beradimi, bu yerdagilar hammasi — gadoydan non tilaydigan qashshoqlar Oybek, Tanlangan asarlar
Juldur-juldur qo‘sqiga o‘ranib olgan bukur chol ayanch ovoz bilan yolvorib, bir narsa tiladi. A. Muxtor, Opa-singillar

3. 3. Xohlamoq, istamoq. Sihat tilasang, ko‘p yema, Izzat tilasang, ko‘p dema. Maqol
Anvar aka ertaga chahorshanba kechqurun, tilasangiz — ochiqcha, tilamasangiz, yashirincha bo‘lsa ham, biznikiga keling A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Qiyatga yordamga? Uyimizga qon tilab bostirib kelgani uchun-mi? A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Uning istiqboliga turishni va bo‘yniga osilib yig‘lashni tilasa-da, qarshisidagi olabo‘jilar bunga mone edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: istamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.