Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tevarak}
So‘z bo‘g‘inlari: te-va-rak
Izoh(lar)i:
tevarak ot

1. 1. Kuzatuvchi, so‘zlovchiga yoki boshqa shaxs, narsaga nisbatan hamma yoq, tomon, joy, atrof. Tevarakka ko‘z yugurtirar ekan, Olimovning ham peshonasi tirishib ketdi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Yana tevarakdan odamlar to‘xtovsiz ravishda bu yerga kelmoqda edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Suvonjon tevarakni qoplab olgan qorong‘ilikka qo‘rqinch to‘la ko‘zlari bilan tikilar, butun vujudi bilan o‘z nidosiga biror javob kutardi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. 2. Biror narsaning gir atrofi, aylanasi. Hovuzning tevaragida teraklar o‘sgan. O‘zining tevaragi tekis qilib qirqilgan qora soqol va chiroyli mo‘ylovi bilan zamonasining qorni katta boylariga sira o‘xshamagan Teshaboy ham odamlar nazaridan chetda emas edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida rang-barang kapalaklar bazm quradi, asalarilar g‘uvullaydi. J. Abdullaxonov, Oriyat

3. ko‘chma hma Biror shaxs, guruh, kuch va shu kabilarning birlashtiruvchi doirasi, atrofi. U [Qudrat] o‘z tevaragiga G‘ulomjon, Zamon, Barot polvon singari yoru do‘stlarini yig‘ib, ularning yordam va madadlari bilan qishloq mazlumlarining haq va huquqlarini qo‘lidan kelganicha himoya qilib, ularga balogardon bo‘lib keladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. 4. Atrofida bo‘lgan, atrofidagi. Yolg‘iz Tiktepa qishlog‘idagina emas, tevarak qishloqlarda ham mulla Obidning ertagi ekindagi muvaffaqiyati og‘izdan og‘izga yurib ketdi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Tevarak bog‘larda to‘ladi yaproq, Mehnatkash daraxtlar tiklaydi qaddin. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

5. kum. vzf. kam qo‘ll. ll. Atrofida. Vahima va tahlikali holga qirq yosh tevaragida tushganidan dalolat beradi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: atrof [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.