1. Tevarakdagi fazo, joy, yer; hamma taraf.
Kun botgan, butun atrof qorong‘ilashgan edi.
S. Ayniy, Qullar
2. Tevarakdagi yaqin joy, yaqin oradagi yerlar.
[Yormat] Atrofdan bironta tarvuz topib keltirish uchun O‘rozga yalindi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror narsaning gir aylanasi, tevaragi yoki cheti, zihi.
Asrorqulning ko‘z atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum aks etdi.
A. Qahhor, Asror bobo
4. Tevarakdagi muhit, kishilar.
Maryamxon o‘zi to‘qiganmi yo atrofdan eshitganmi, har vaqt shunday javob berar edi: Kundosh — boshingda tosh, ko‘zingda yosh.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. 3-shaxs jo‘nalish kelishigi va o‘rin-payt kelishigi affikslari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (atrofida).
Tafsilotlar atrofiga so‘zi izohida keltirilgan.
-