Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tekis}
So‘z bo‘g‘inlari: te-kis
Izoh(lar)i:
tekis sf

1. 1. Yuzida g‘adir-budir, baland-past, o‘nqir-cho‘nqir joylari bo‘lmagan; silliq. Tekis taxta. Tekis maydon. Tekis devor. Kecha qorong‘i va tumanli edi. Keng, tekis ko‘chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yo‘l tekis, mashina siljimasdi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Joylashish, o‘lcham (hajm yoki bo‘y) va shu kabilar jihatdan bir xil. U jilmayganida, qizlarnikiga o‘xshash, tekis tishlari yarq etib ketdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bo‘yi baland, qomati kelishgan, qora soqoli iyagida tekis qilib qirqilgan. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ko‘k bluzka kiygan ikki qiz Bashoratlarning oldiga keldi. Ular bir-birlariga juda o‘xshar, bo‘ylari ham tekis, juda chiroyli qizlar edi. A. Muxtor, Opa-singillar

3. 3. Bir maromda, bir xil tezlikda. Tekis harakat. Tekis odim. Xuddi sirk otlariday bezatilgan semizgina, silliqqina bo‘z ot tekis olib ketdi. Oybek, Nur qidirib
Undan nariroqda qora kalxat, san’atini namoyish qilayotganday, bir tekis suzib yuribdi. N. Fozilov, Diydor

4. rvsh. sh. Baravariga, yoppasiga bir vaqtda; shig‘a, qiyg‘os. Urug‘larni tekis undirib olmoq. Giloslar bir tekis gulladi. G‘o‘zalar bir tekis unib chiqdi. Har safar tekis chiqib, yashnab o‘sayotgan yam-yashil g‘o‘zalarni ko‘rganimda paxtazordan chiqqim kelmas edi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat

5. 5. Har jihatdan teng, baravar, bir huquqdagi. Suv xudoyimning mulkimi? Xaloyiq tekis ichadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Meni saylang, negakim, Endi qadrdon bo‘la-man. Bir tekis hammangizga Xizmati bajon qilaman. Hamza

6. ko‘chma s.t. .t. Beishkal, silliq; bir xil qilib. Ishi juda tekis. Hamma ish tekis bo‘lib ketdi. Musa ko‘sa bir yerda turmas, chigitlarni bir tekisda ekish kerakligini, chigit to‘rt enlikdan chuqur bo‘lmasligini hadeb tayinlardi. S. Ahmad, Hukm

7. s. t. t. Kelishgan, chiroyli. O‘rtada o‘n olti-o‘n yetti yashar bachcha o‘ynaydi. U rang-siz, xipcha, tekisgina, yana to‘g‘rirog‘i, popukday bola. Oybek, Tanlangan asarlar
Anov tog‘ bilan manov tog‘ egiz ekan, Jami qizdan oxun qizi tekis ekan. Oq olma, qizil olma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qiyg‘os
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tekst – [lot] Matn.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Notekis – baland – past – uydim-chuqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

2. Past – tekis – baland
Ma’nosiga ko‘ra
(sathga nisbatan quyi-yuqori ekanligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.