Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiyg‘os}
So‘z bo‘g‘inlari: qiy-g‘os
Izoh(lar)i:
qiyg‘os ys

1. 1. Hammasi baravariga, yoppasiga, shig‘a. Chigit qiyg‘os undirib olindi. G‘o‘za qiyg‘os shonaladi. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi. H. G‘ulom, Mash’al
Tangri qachonlardir tilingga ekkan So‘zlar gullayotir qiyg‘os va qiyg‘os. E. Shukur, Hamal ayvoni

2. 2. Ayni, avji. Mana, qiyg‘os pishiqchilik, lekin oshxonalarda sabzavotdan taomlar tayyorlanmaydi. Gazetadan

3. shv. hv. Jiddiy ravishda, qattiq. Ha, aytganday, bir kuni Haydar hoji bilan qiyg‘os urishdi. A. Qahhor, Sarob

4. kam qo‘ll. ll. Shovqin-suron, chuvvos. Uyda hech vaqt ko‘rilmagan, vahimali bir qiyg‘os ko‘tarildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ko‘chadan qiyg‘os va g‘ovur-g‘uvur tovush eshitilib, er-xotinning suhbatini to‘xtatdi. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tekis , shig‘a
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.