Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tayyor}
So‘z bo‘g‘inlari: tay-yor
Izoh(lar)i:
tayyor [tay-yor ]

1. Biror ishga shaylanib, hozirlanib turgan, shay, hozir. Ular [soldatlar] miltiqlarini osmonga o‘qtalib, har dam otishga tayyor turardilar M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Biror narsa, ish uchun moyil, rozi holatli. Meni qo‘ya bering, osadimi, chopadimi — hammasiga tayyorman. K. Yashin, Hamza

3. Ishlatish, iste’mol va shu kabilar uchun hozirlab qo‘yilgan. Sutchoy tayyor bo‘ldi, suzib kiraymi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Yukl. Kuchaytirish, ta’kid bildiradi (asosan, bolani ota yoki onaga qiyoslashda qo‘llanadi). Kichik o‘g‘li tayyor ota-sining o‘zi bo‘libdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: muhayyo [a], shay , hozir [a], taxt [f]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.