Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hozir}
So‘z bo‘g‘inlari: ho-zir
Izoh(lar)i:
hozir ot

1. 1. Biror ish, vazifa uchun tayyor; shay. — Na desangiz — shu, yoshulli, — Mashinalar terimga hozir. O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q — xirmonda hozir. Maqol
— Javob berishga hozirmiz, — dedi Oyqiz raisning so‘zlarini bo‘lib. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Nimaiki maslahat yoki yordam kerak bo‘lsa biz xizmatingizga hozirmiz. Shuhrat, Jannat qidirganlar
dedi Avaz, — qo‘limdan kelgan barcha ishga hozirman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. So‘zlanib turgan paytni ham o‘z ichiga olgan vaqt; shu on, shu payt, shu davr. Hozir chiqib ketdi. Hozir kelib qoladi. Otam hozir nafaqadalar. Hozir sharoit tamomila boshqacha. Hozir ayni yig‘im-terim mavsumi. Hozir turib ketgan bo‘lsa kerak, stolda konyak shishasi, apelsin to‘la vaza turar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Zoyirjon hozir borib mushtlashmoqchi bo‘lganday, rangi o‘chib ketdi. U.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bekmirzayevga hozir choydan ko‘ra ham muzdekkina suv yaxshi edi O‘. Usmonov, Sirli sohil
Hozir kech kuz, hademay qish-qirovli kunlar boshlanadi. Gazetadan
Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yo‘q O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Chaqiriq, murojaat va shu kabilarga. javob sifatida ishning tezda, shu onda amalga oshirilishini bildiradi. — Hoy, boqqa suv toshib ketdi, tez kirib bo‘g‘ib qo‘ying! — Hozir, hozir — Yo‘lchi ketmon olib yugurdi. Oybek, Tanlangan asarlar
— O‘g‘lingizni chiqarib yuboring! — Hozir. Guldasta
Ko‘rpacha yozib, uni o‘tqazgach, men hozir, deb eshikka chiqib ketdi. S. Karomatov, Oltin qum
Keyin hozir, boyvachcham, dedi-da, ketayotganlarga qulluq qilib, iziga qaytdi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tayyor [a]

1. hozir I Sifat
«tayyor, huzurida bor, qatnashuvchi» (kesim bo‘lib keladi)

2. hozir II Ravish
shu vaqt, shu zamon, shu top

Paronimi: mavjud emas.

Hozirgi o‘zbek adabiy tiliXX asr boshidan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Qahhor, G‘afur G‘ulom, H.Olimjon va boshqa adiblar asarlar yaratdi. Bu til XX asrdan boshlab shakllandi.Hozirgi o‘zbek adabiy tili mustaqil o‘zbek millatining milliy adabiy tili. Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa bo‘lganligi sababli undagi o‘zgarishlar ijtimoiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda o‘zbek tilining XX asrdagi taraqqiyoti juda katta tarixiy evrilishlar jarayonida yuz berdi. XX asrning boshlarida gazeta, jurnallarning tili panturkizm g‘oyalari ta’siriga haddan tashqari berilish natijasida juda chalkash bir ahvolda edi. Ularda iste’moldagi arab, fors so‘zlari turk, ozarbayjon, qadimiy turkiy so‘zlar bilan almashtirilgan va baribir, omma tilidan uzoqlashgan edi. Ba’zi bir oqimlar tilni tozalash bayrog‘ini baland ko‘tarib, jonli tildan ancha yiroq bo‘lgan eski o‘zbek tili («chig‘atoy tili») ni adabiy til sifatida qabul qilish fikrida bo‘ldilar. Abdurauf Fitrat turk (o‘zbek) tilining ayanchli ahvoli haqida «dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsizi yana shul turkchadir» degan xulosaga kelgan edi. U buning sabablari xususida to‘xtalib: «Turklarning baxtsizligi arab bosqini bilan bog‘lanmishdir. Dunyoning eng boy tili bo‘lg‘on turkchamiz yolg‘uz arabcha yumruqlar bilan emas, forsiycha tepkilar bilan dag‘i ezilmishdir» - deydi kuyunib. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng bu yerdagi millatlar ustida ham ulug‘davlatchilik va ulug‘millatchilik mafkurasi o‘rnatila boshladi. Kuchli mafkuraviy tazyiqlar natijasida hukmron tilga nisbatan ijobiy munosabat ham paydo bo‘la boshladi. Jonli nutqda, hatto she’riy asarlarda ham ruscha so‘zlarni ishlatish hollari kuzatila boshladi. Buni Muqimiy, Zavqiy she’rlaridagi durak, chert, vot, poshyol so‘zlari isbotlaydi. 1917- yilgi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng nafaqat ruscha, balki sovetizm deb ataluvchi so‘zlar ham tilimizda hisobsiz darajada ko‘payib bordi. U mavjud so‘zlarimizni ham siqib chiqara boshladi. Mas., pioner (kashshof), propaganda (targ‘ibot), agitatsiya (tashviqot), yedinitsa (birlik), grajdan (fuqaro), problema (muammo), poeziya (she’riyat) kabi. Rus tili hukmronligi kuchayishi natijasida boshqa milliy tillar kabi o‘zbek tili ham o‘zbek millatiga mansub kishilarning o‘zaro suhbat tiliga aylanib, rasmiy doiralardan siqib chiqarila boshladi. Rus tilida gaplashishlariga qarab kishilarni «madaniyatli» va qoloq kishilarga ajratish urf bo‘ldi. Yig‘inlar rus tilida olib borilar, barcha rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari rus tilida yuritilar edi. Oliy o‘quv yurtlardagi asosiy mashg‘ulotlar rus tilida o‘tilar edi. Umuman olganda, o‘tgan asrning 80- yillariga kelib, O‘zbekistonda ham rus tili mutlaq hukmronlikni qo‘lga oldi va o‘zbek tilining vazifa doirasi keskin toraydi. Mamlakatdagi bu kabi boshqa ijtimoiy jarayonlar kuchayishi sobiq Sho‘ro hududida milliy istiqlol harakatiga turtki bo‘ldi. Milliy respublikalar milliy mustaqillik, milliy tillarga davlat tili maqomini berish talablari bilan chiqdilar. Bu jarayon O‘zbekistonda ham kuchli portlashlar asosida vujudga keldi. Natijada 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi unga tom ma’noda mustaqillik baxsh etdi. U tobelik kishanlaridan butkul xalos bo‘lib, mustaqil rivojlana boshladi. 1991-yilda O‘zbekistonning alohida davlat sifatida istiqlolga erishuvi o‘zbek tili davlat tili maqomining abadiyligini kafolatladi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Avvalgi – hozirgi – keyingi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamon belgisiga ko‘ra)

2. Boya – hozir – endi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamonga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

3. Endi – hozir – boya
Ma’nosiga ko‘ra
(payt zamoniga ko‘ra)

4. Ilgari – hozir – keyin
Ma’nosiga ko‘ra
(payt davriga ko‘ra)

5. O‘tgan zamon – hozirgi zamon – kelasi zamon
Ma’nosiga ko‘ra
(paytga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.