Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tashqi}
So‘z bo‘g‘inlari: tash-qi
Izoh(lar)i:
tashqi [tash-qi ]

1. Tashqarida, tashqari tomonda joylashgan; tashqarigi, sirtqi. Bu vaqt allakim darvozaning tashqi halqasiga uch-to‘rt urib sharaqlatdi. H. G‘ulom, Mash’al

2. Tashqari 2. Biz Yaypanda Olim buva degan nonvoyning tashqisida turar edik. A. Qahhor, O‘tmishdan ertaklar

3. O‘zidan tashqariga, sirtga oid. Tirik hujayra tashqi muhit bilan muntazam aloqada bo‘lgan taqdirdagina yashay oladi. Fan va turmush

4. Chet davlatlar bilan bo‘ladigan, xorijiy. Tashqi siyosat. Tashqi savdo. Tashqi ishlar vazirligi. Mushtum

5. Narsaning ichga qarama-qarshi tomoni. Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil takomillashtirib borilmog‘i kerak. Gazetadan

6. Ko‘rinishda bo‘lgan; zohiriy. Shu bir-gina so‘z uning butun ichki va tashqi dunyo-sini o‘zida aks ettirgan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: ichki
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.