Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ichki}
So‘z bo‘g‘inlari: ich-ki
Izoh(lar)i:
ichki sf

1. 1. Ich qismda, ichkarida joylashgan; ichkarigi, ichkaridagi. Ichki hovli, Ichki eshik. Oyqiz Olimjondan kelgan xatni nimchasining ichki cho‘ntagiga yashirdi-da, darrov o‘rnidan turdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. zid. id. Ich qism (tomon)ga oid; tashqi. Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil takomillashtirib borilmog‘i kerak. Gazetadan
Binoning ichki pardozi hali uncha bitmagani uchun choyxona hali bu yerga ko‘chmagan, bino hozircha klub vazifasini o‘tab turar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Mamlakat, davlat, tashkilot va shu kabilarning o‘z ichida va o‘z ishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Davlatning ichki ishlari. Ichki imkoniyatlar. Ichki nizolar. Ichki va xalqaro hayotga oid masalalar.

4. 4. Kishining ruhiy dunyosiga, kechinmalariga oid. Uning oqish yuzi ichki kechinmalarini uzluksiz aks ettirardi. P. Qodirov, Uch ildiz
Kishining ichki hissiyotini yuzidagi o‘zgarishlardan tezda payqab oluvchi Islomxo‘ja qizidagi alam-iztirobning izlarini darhol sezdi. J. Sharipov, Xorazm
Aravakashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turolmay, darhol otasini turtdi: — Suv beraymi, ota? Mirmuhsin, Me’mor

5. tar. ar. (-lar qo‘shimchasi bilan) Temuriylar, boburiylar va shayboniylar saltanatida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qo‘shinlar; hukmdorga yaqin mulozim va beklar. Shayboniyxon ko‘shkning yuqorigi qavatida peshin namozini o‘qib bo‘lgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton Ali Mirzo bir necha ichkilari bilan qal’adan xon huzuriga kelganini aytdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: tashqi
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kichik – kichkina – mitti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.