1. Muhim voqea, hodisa va shu kabilar munosabati bilan o‘tkaziladigan, o‘yin-kulgi, xursandchilik ruhida davom etadigan yig‘in, marosim.
Tantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni to‘ldirgan va ulug‘vor ta’zim bilan o‘tirgan olomonga faxrlanib qaradi.
Oybek, Navoiy
2. Biror maqsad, faoliyat yo‘lidagi g‘alaba, muvaffaqiyat va uning ifodasi.
Oybek inson aql-idrokining, adolat va baxt-saodatning tantanasi yo‘lida g‘oyat ulkan ijodiy jasorat ko‘rsatdi.
Gazetadan
3. To‘y, xursandchilik yig‘ini, marosimi kabilarga oid xatti-harakat, shodiyona ishlar.
Qizidan xabar topib kelgan Yormat uni Shoqosimning kulbasidan tortib olib ketgach, boy hovlisida to‘y tantanalari bosh-landi
Oybek, Tanlangan asarlar
4. G‘olibona, ko‘tarinki kayfiyat.
Hozir u mamnuniyat va tantana bilan kulumsirab, Mahkamning yaxshi voleybolchi ekanini aytdi
P. Qodirov, Uch ildiz