1. Jang yoki bellashuv (kurash)da qozonilgan (erishilgan) muvaffaqiyat; zafar.
Hirot darvozalari tepasida karnay-u surnay, nog‘oralar avj qildi; sulton Shohrux mirzo lashkari g‘alaba bilan qaytib keldi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. Ish-faoliyat, maqsad yo‘lida erishilgan muvaffaqiyat, yaxshi natija; yutuq.
O‘zbekiston oqsoqoli Yo‘ldosh Oxunboboyev xalq hasharida qatnashgan barcha quruvchilarni katta g‘alaba bilan tabrikladi. O‘zbekiston qo‘riqlari. Bahor bizni yana yangi mehnatga, ijodga, yangi kurash va yangi g‘alabaga chorlamoqda.
Saodat